Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlarning 41 foizi minimal ballni ham to‘play olmadi
Eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4 foiz) qayd etilgan.
Foto: Kun.uz
2025 yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan bo‘lib, ularning 253 ming 844 nafari (41,29 foiz) 56,7 ballni (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.
Eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4 foiz) qayd etilgan.
2023 yilda 8 ta, 2024 yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan.

O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9%
- Navoiy — 8,9%
- Sirdaryo — 8,1%
- Buxoro — 7,8%
- Qashqadaryo — 6%
Ma’lumot uchun, 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 ballning 30 foizi degani.
Mavzuga oid
12:36
Maktab va kollejlarda “Mohirlik va biznes soati” joriy etiladi
11:05 / 11.02.2026
10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
10:49 / 09.02.2026