Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik modeler Jorjo Armani vafot etdi
Mashhur moda qiroli 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: Getty images
Italiyalik mashhur modeler va tadbirkor Jorjo Armani vafot etdi, deb xabar berdi La Repubblica gazetasi Armani kompaniyasi bayonotiga tayanib. U 91 yoshda edi.
«Armani Group o‘z asoschisi va tolmas harakatlantiruvchi kuchi Jorjo Armani vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qiladi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Armani Group’da ta’kidlanishicha, modeler yaqinlari qurshovida vafot etgan. Uning o‘limi sabablari keltirilmagan. Iyun oyida u sog‘lig‘i yomonlashgani sababli faoliyatida birinchi marta Milandagi erkaklar moda haftaligida ishtirok etolmagan edi.
Modeler bilan xayrlashuv 6-7 sentabr kunlari Milanda bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng xususiy dafn marosimi o‘tkaziladi. Dafn sanasi ma’lum qilinmagan.
Moda qiroli deb atalgan Jorjo Armani o‘z faoliyatini 1960-yillarda italiyalik modeler Nino Cheruttiga yordamchi sifatida boshlagan. 1974 yilda Armani birinchi marta o‘z nomi bilan to‘plamni taqdim etdi. Keyingi yilning o‘zidayoq u do‘sti, arxitektor Serjio Galeotti bilan birgalikda butun dunyoga mashhur bo‘lgan Armani modalar uyiga asos soldi. Hozirgacha Armani yirik holdinglar tarkibiga kirmagan kamsonli moda uylaridan biri bo‘lib qolmoqda.
«U tinim bilmay, so‘nggi kunlargacha ishladi, o‘zini kompaniyaga, uning kolleksiyalariga va turli xil va doimiy o‘zgaruvchan loyihalarga bag‘ishladi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Jorjo Armani o‘zi asos solgan Armani Group kompaniyasining yagona aksiyadori edi.
Mavzuga oid
10:21 / 26.03.2026
Italiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga qabul qiladi
21:59 / 24.03.2026
O‘zbekiston Italiyadan sun’iy intellekt bilan ishlaydigan agrotexnologiyalarni xarid qiladi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
15:20 / 23.03.2026