Biznes | 12:33 / 04.09.2025
2783
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda O‘zbekiston-Xitoy innovatsion markazi quriladi

Davlat rahbarining Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Tashrif doirasida Ibrohim Abdurahmonov Jiangsu World Agricultural Machinery kompaniyasi rahbari Chju Linjun va Aladdin Holdings Group kompaniyasi raisi Yang Jyen Tsyan bilan ham muzokaralar olib bordi.

Tomonlar Qashqadaryo viloyatida paxta terish kombaynlari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va yig‘ish zavodi qurish, shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 30 ming gektarlik dala maydonlarida Xitoy tajribasiga asoslangan yuqori hosildor paxta yetishtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, rasmiylar Jizzax viloyatida umumiy qiymati 400 million AQSh dollariga teng bo‘lgan O‘zbekiston–Xitoy innovatsion markazini qurishga kelishib oldi. 

Ushbu majmua zamonaviy qishloq xo‘jaligi va madaniy-turistik sanoatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Markazning birinchi bosqichi 2026 yil boshida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu maqsadda 30 gektar yer maydoni ajratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid