Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Aliyev ShHT sammitida muzokara o‘tkazmadi
Xitoydagi sammitda ikki davlat prezidentlari faqat qo‘l berib ko‘rishdi. Putin va Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmadi, dedi Putinning matbuot kotibi Peskov.
Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmadi. «Ular bir-birlari bilan salomlashdi, qo‘l berib ko‘rishdi, lekin bu safar hech qanday mazmunli muloqot bo‘lmadi», — deya tasdiqladi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
3 sentabr, chorshanba kuni internetda Putinning Aliyev bo‘lgan xonaga kirib, salomlashayotgani va boshqa mehmonlarga murojaat qilgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Prezidentlar o‘rtasidagi aloqalar Moskva va Boku o‘rtasidagi keskinlik fonida diqqat markazida bo‘ldi. Rossiya delegatsiyasi a’zolariga ikki tomonlama muzokaralar bo‘ladimi, degan savol bir necha bor berilgan. Peskov buni istisno etmagandi. «Umid qilamizki, ular ertaga ShHT yig‘ilishi doirasida uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — dedi u 31 avgust kuni.
Mavzuga oid
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:40 / 06.06.2026