O‘zbekiston | 14:25 / 05.09.2025
7393
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Foto: Videodan kadr

Bugun, 5 sentabr kuni soat 12:05 da Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi hududida taxminan 5 tonnali yonilg‘i saqlash sig‘imiga ega MAN rusumli yonilg‘i tashuvchi avtomobili sisternasidan propan suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida texnologik jarayon buzilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 12:13 da yetib borib, yong‘in soat 12:26 da o‘rab olingan hamda soat 13:03 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Mavzuga oid