O‘zbekiston | 14:40 / 05.09.2025
5164
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, ushbu lavozimda bundan buyon Aleksey Yerxov faoliyat olib boradi

Bungacha u Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq 2021 yildan beri RFning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oleg Malginov diplomatik faoliyatini yakunlagandi.

Oleg Malginov 2021 yilda O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishidan oldin Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Mavzuga oid