Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev mehnat migratsiyasini takomillashtirish va o‘zbekistonliklarning Rossiyada qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi respublika Tashqi ishlar vazirligiga 2025 yil oktabr oyida tasdiqlangan Rossiya Federatsiyasi migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov «RIA Novosti» nashriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yerxov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bilan uchrashib, mehnat migratsiyasini takomillashtirish va o‘zbekistonliklarning Rossiyada qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qilgan.
O‘zbekiston tomoni Rossiyadagi migratsiya tekshiruvlarida o‘z fuqarolarining huquqlari va insoniy qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlagan.
«O‘z navbatida, biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizga Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan migratsiya siyosatimizning yangi konsepsiyasi, uning asosiy qoidalari va talablari haqida so‘zlab berdik», dedi Yerxov bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida gapirar ekan.
Elchining ta’kidlashicha, uchrashuvda bir qator konsullik-huquqiy, jumladan, mehnat migratsiyasi sohasidagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025 yil 15 oktyabrda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasini tasdiqladi. Yangi tahrirda migrantlarning madaniy va ijtimoiy integratsiyasiga, milliy xavfsizlikni mustahkamlashga va «Rossiya jamiyatiga xos qadriyatlarni» saqlab qolishiga e’tibor kuchaytirilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27 / 05.02.2026
Lavrov Rossiya kompaniyalari Venesueladan siqib chiqarilayotganini aytdi
15:20 / 05.02.2026