O‘zbekiston | 20:46 / 07.09.2025
12395
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti hamda Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Shuningdek, yaqingacha Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan Davron Sultonov vazirlikning Nazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizimda tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alijonov Abrorjon Alijon o‘g‘li Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

A. Alijonov 2003 yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006 yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eraliyev Umidjon Ergashovich Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U. Eraliyev 2009 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat, 2012 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sho‘’basi bosh inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Sultonov Davron Tohirovich Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

D. Sultonov 2005 yil Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2013 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Muqaddam O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sho‘’ba mudiri lavozimida ishlagan, shu bilan bir vaqtda, Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan.

Mavzuga oid