Hujjatga muvofiq, quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- yo‘llanmasiz murojaat — pulli xizmat: rejali tibbiy yordamni o‘z xohishi bilan olish uchun murojaat etgan mijozlarga tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladi;
- kafolatlangan paketdan tashqari — qo‘shimcha to‘lov: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami doirasida davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno, qolganlari pulli xizmat sifatida rasmiylashtiriladi;
- ro‘yxatga olish va hujjatlash: mijozlarni tibbiyot muassasasi ro‘yxatga olish bo‘limi qabul qiladi va qayd qiladi; tibbiy kartaga shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida “pulli xizmat” belgisi kiritiladi;
- oldindan to‘lov shartlari: mijozlar tasdiqlangan narxnoma asosida oldindan to‘liq to‘lov qilgan holda qabul qilinadi;
- mutaxassisga yo‘naltirish: to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng mijoz maslahat uchun mutaxassis shifokorga va/yoki instrumental-laborator tekshiruvlarga yuboriladi;
- davolash taktikasi: tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigi, shuningdek ambulator yoki statsionar sharoitda davolash chorasi belgilanadi.











