O‘zbekiston | 18:45 / 08.09.2025
3168
1 daqiqa o‘qiladi

Ostona, Bishkek va Toshkent suv chiqarish bo‘yicha majburiyatlarini belgiladi

Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘xtag‘ul suv omboridan suv chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari belgilandi.

Foto: gov.kz

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv berish va elektr energiyasi yetkazib berishni tartibga soluvchi protokollarni imzoladi. Uchrashuv Qirg‘izistonning Issiqko‘l sohilida, Cho‘lponotada bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Qozog‘iston Energetika vazirligi.

Qayd etilishicha, hujjatlarda Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘xtag‘ul suv omboridan suv chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari belgilangan.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Rossiyadan Qirg‘izistonga Qozog‘iston energetika tizimi orqali elektr energiyasini tranzit qilish shartlarini kelishib oldi.

Tadbirlar suv omboridagi suv sathini saqlab turish va kelgusi vegetatsiya davrida Qozog‘iston janubiy hududlarini sug‘orish suvi bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid