Ta’lim | 13:36 / 08.09.2025
1556
2 daqiqa o‘qiladi

Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Mazkur buyruqning 1-ilovada ko‘rsatilgan maktablarda 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:

2-ilova –– o‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 2a-ilova;
3-ilova –– rus tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 3a-ilova;
4-ilova –– ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 4a-ilova;
5-ilova –– ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi o‘quv reja ikkinchi namunadagi o‘quv rejaga tushuntirish xati 5a-ilovaga.

Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-o‘qituvchilar biriktirish choralari ko‘radi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid