Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning qaysi tumanida YTH ko‘proq kuzatilishi ma’lum bo‘ldi
Rasmiylar poytaxtning qaysi tumanida ko‘proq YTH qayd etilganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida sakkiz oyda 4,3 mingdan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiylar poytaxtning qaysi tumanida ko‘proq YTH qayd etilganini ma’lum qildi.
Open Data Tashkent portali ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari soni bo‘yicha Yunusobod tumani yetakchi bo‘lib, bu yerda 561 ta holat qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Chilonzor tumani – 555 ta YTH, uchinchi o‘rinda Yashnobod tumani – 554 ta.
Reytingning qolgan qismi quyidagicha ko‘rinishga ega: Mirzo Ulug‘bek – 475, Shayxontohur – 363, Olmazor – 337, Uchtepa – 316, Sirg‘ali – 288, Mirobod – 269, Bektemir – 217, Yakkasaroy – 210 va Yangihayot – 205.

Mavzuga oid
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:29 / 13.06.2026