Ayollar dunyosi | 15:01 / 09.09.2025
3108
2 daqiqa o‘qiladi

Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari onlayn shaklga o‘tadi

Prezident farmoniga asosan, 2025 yil 1 dekabrdan boshlab FHDYo organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalarini onlayn tarzda oladi. Turmush qurayotganlar analiz javoblarini qog‘oz shaklda ko‘tarib yurishi shart bo‘lmaydi.

Foto: Yandex-xaritalar

“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 2028 yilgacha YaIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
🔹 proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:

🔸 nikohni rasmiylashtirishda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi;
🔸 nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYo organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
🔸 avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi.

Avval xabar berilganidek, yangi tartib bo‘yicha FHDYo organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalarini, mudofaa bo‘limlari esa harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgargani haqidagi hujjatlarni axborot tizimlari orqali onlayn tarzda oladi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid