Jahon | 08:03 / 09.09.2025
3642
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada bedarak yo‘qolgan kanadalik harbiy o‘lik holda topildi

Kanada Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Reassurance operatsiyasi doirasida Latviyada bo‘lgan Kanada Qurolli kuchlari uorent-ofitseri Jorj Xoll o‘lik holda topilgan.

Foto: Shutterstock

Latviyada Reassurance operatsiyasi doirasida bo‘lgan Kanada Qurolli kuchlarining uorent-ofitseri, 2 sentabrdan beri bedarak yo‘qolgan bo‘lgan Jorj Xoll o‘lik holda topildi. Bu haqda Kanada Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Uning o‘limi holati yuzasidan tergov davom etmoqda. «Kanada qurolli kuchlari harbiy politsiyasi Latviya hukumatini tergovda qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda hodisa bizning qo‘shinlarimiz xavfsizligiga katta xavf tug‘dirayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q», deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.

Xoll Alberta shtatining Edmonton shahridagi 408-taktik vertolyot eskadrilyasi transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik bo‘lgan. U NATOning Latviyadagi ko‘p millatli brigada havo bataloni bilan Reassurance operatsiyasining bir qismi sifatida jalb etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid