Ta’lim | 13:00 / 09.09.2025
4841
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi 

O‘zbekistondagi davlat maktablarida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«Kelajak» markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi vertikal tizimini joriy etish hamda o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktab maslahatchisining lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Maktablarda o‘quvchilarning portfolio bazasi shakllantiriladigan erp.portfolio platformasi yaratiladi. U maktab maslahatchilari tomonidan yuritiladi hamda 2028–2029-o‘quv yilidan maktab shahodatnomalarida qayd etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid