Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Urgutda 960 g opiy, Pastdarg‘omda 25,5 kg marixuana saqlayotgan shaxslar ushlandi.
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirda, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 33 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, hovlidagi daraxt tagiga Tojikistondan keltirilgan 960 g opiy ko‘mib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 54 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada og‘ilxonada 25 kg 520 gr marixuana saqlanayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozir mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 14.12.2025
Surxondaryoda bojxona xodimi, Namanganda kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
23:40 / 13.12.2025
Toshkent viloyatida o‘n bir oyda yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025