Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiya Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyani ishga tushirdi
Efiopiya bosh vaziri qurilishi Misr va Sudan bilan kelishmovchilikka sabab bo‘lgan Moviy Nildagi "Uyg‘onish" GESni rasman ochdi.
Efiopiya mamlakatdagi millionlab odamlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyasini rasman ochdi. 9 sentabr, seshanba kuni Guba shahrida "Buyuk Efiopiya Uyg‘onish davri to‘g‘oni" ("Uyg‘onish" GES)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad, shuningdek, Somali, Jibuti va Keniya prezidentlari ishtirok etdi.
Sudan chegarasi yaqinidagi Moviy Nil daryosida qiymati 5 milliard dollarlik GES qurilishi 2011 yilda boshlangan. Birinchi turbina 2022 yilda ishga tushirilgach, to‘g‘onning quvvati asta-sekin o‘sib bordi va rasmiy ochilish arafasida maksimal quvvati 5150 megavattga yetdi. Bu uni dunyodagi 20 ta eng yirik GESdan biriga aylantiradi, deya qayd etadi Reuters.
«Buyuk Efiopiya Uyg‘onish davri to‘g‘oni» qariyb 120 million aholiga ega bo‘lgan mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashga mo‘ljallangan bo‘lib, qolgan qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi. Bosh vazir Abiy Ahmad 14 yillik loyihaning yakunlanishini «tarixiy yutuq», GESni esa butun Afrika uchun «umumiy imkoniyat» deb atadi.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 25.05.2026