Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 17 taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaydi
Investorlar xaridorlarning smartfonlarga qiziqishi sust bo‘lishidan, shuningdek, Apple sun’iy intellektning joriy qilinishi haqida «og‘iz ochmaganidan» xavotirda.
Foto: Reuters
9 sentabr kuni Apple yangi iPhone 17 smartfonlari taqdimotini o‘tkazganidan keyin kompaniya aksiyalari narxi pasaydi, bu esa taqdimot muvaffaqiyatli bo‘lmaganidan dalolat beradi.
Investing nashri xabariga ko‘ra, 10 sentabr kuni Apple bilan hamkorlik qiluvchi Osiyo kompaniyalari aksiyalari ham arzonlashgan. Investorlar xaridorlarning smartfonlarni yangilashga qiziqishi sustligidan va Tramp bojlari tufayli xarajatlar oshishidan xavotirda.
Apple aksiyalari narxi 1,5 foizga tushib ketdi. Xitoyning qurilmalarni yig‘uvchi Luxshare Precision kompaniyasi aksiyalari 1,2 foiz yo‘qotdi. Shisha ishlab chiqaruvchi Lens Technology qimmatli qog‘ozlari 1,5 foizga arzonlashdi. Tayvanning linzalar ishlab chiqaruvchi LARGAN Precision kompaniyasi aksiyalari 1,3 foizga, Honkongning audio komponentlar ishlab chiqaruvchi AAC Technologies kompaniyasi aksiyalari esa esa 0,6 foizga arzonlashdi. OLED-displeylar yetkazib beruvchi Janubiy Koreyaning LG Display kompaniyasi aksiyalari 1,3 foizga arzonlashdi.
Tahlilchilar pasayishni investorlarning «ehtiyotkorligi» bilan izohlamoqda: Apple tariflar tufayli taxminan 1 milliard dollarlik qo‘shimcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi, iPhone narxlari esa jiddiy oshirilmagan. Bu butlovchi qismlarga buyurtmalar hajmiga ta’sir qilishi mumkin.
Ehtiyotkorlikning yana bir sababi - iPhone 17 smartfonlarida sun’iy intellektning yangi funksiyalari haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Raqobatchilar esa aksincha, sun’iy intellektga faol e’tibor qaratmoqda.
Mavzuga oid
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
11:42 / 01.12.2025
Ukraina tadbirkorlari O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi
08:11 / 23.11.2025
Serjio Gor AQSh-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga rahbarlik qiladi
09:43 / 19.11.2025