Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FTB Charli Kirkning qotilligida gumonlanuvchini ozod qildi
FTB konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishidan bir necha soat o‘tib ham qotilni topa olmadi.
Foto: George Frey/Getty Images/AFP
FTB rahbari Kesh Patelning 11 sentabr, payshanba kuni ma’lum qilishicha, avvalroq FTB tomonidan qo‘lga olingan, konservativ bloger va faol Charli Kirkning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ozod etildi.
«Qo‘lga olingan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan so‘roq qilinganidan so‘ng qo‘yib yuborildi. Bizning tergovimiz davom etmoqda va biz shaffoflik uchun ma’lumotlarni e’lon qilishda davom etamiz», deb yozgan Patel X ijtimoiy tarmog‘ida boshqa tafsilotlarni keltirmagan holda. Kirkni otib o‘ldirgan shaxsni qidirish hali ham davom etmoqda.
Qo‘lga olingan shaxs haqida hech narsa ma’lum qilinmagan. Shu bilan birga, politsiya dastlab suiqasd uyushtirishda boshqa gumonlanuvchini qo‘lga oldi, biroq deyarli darhol ushlangan shaxs aslida Kirkning qotili emasligini aniqladi, shundan so‘ng qidiruv davom etdi.
Mavzuga oid
08:49
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026