Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
Isroil armiyasi 10 sentabr kuni Yaman poytaxti va shimoldagi al-Javf viloyatiga zarba berdi. IDF zarbalar harbiy lagerlarga berilganini aytmoqda. Husiylar esa Isroilning nishoni «sof fuqarolik obektlari» bo‘lganini bildirdi.
Foto: Reuters
Reutersʼning yozishicha, bu zarbalar G‘azodagi urush oqibatida kengaygan Isroil va husiylar o‘rtasidagi hujum va qarshi hujumlar silsilasining navbatdagi bo‘lagi hisoblanadi. Isroil armiyasi harbiy lagerlar, husiylarning harbiy «targ‘ibot» departamenti shtabi hamda yonilg‘i omborini nishonga olganini bildirdi.
«Bu zarbalar Isroil davlatiga qarshi husiy rejimi tomonidan boshqarilgan hujumlarga javoban amalga oshirildi. O‘sha paytda dronlar va yer-yer raketalari Isroil hududi tomonga uchirilgan edi», — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.
Husiylar vakili esa Isroil harbiy obektlarni nishonga olganini rad etdi. «Ularning zarbalari sof fuqarolik obektlariga qaratilgan», dedi u. Unga ko‘ra, ikki gazeta tahririyati hujum ostida qolgan, natijada jurnalistlar va yo‘lovchilar halok bo‘lgan hamda jarohatlangan. Lekin u raqamlarni keltirmadi.
Sano aholisi Reutersʼga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hujum ikki tog‘ orasida joylashgan va qo‘mondonlik markazi sifatida ishlatiladigan maskanga qaratilgan. Guvohlar Isroil zarbalari Husiylar mudofaa vazirligini ham nishonga olganini aytdi.
Husiylar sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujumlarda 35 kishi halok bo‘lgan, 131 kishi jarohatlangan.
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan husiylar so‘nggi yillarda Qizil dengizdagi kemalarga va Isroilga hujumni faollashtirdi. Ular buni G‘azodagi falastinliklarga birdamlik ramzi, deb ta’riflashadi. Isroil esa javoban Yaman hududidagi husiylar nazoratidagi hududlarga, jumladan strategik Hudayda portiga zarba berib kelmoqda.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
18:14 / 30.11.2025