Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslarga yangi vakolatlar berilmoqda
Ayrim talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish tartibi joriy etiladi.
Foto: e-notarius
“Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan BHMning 1000 baravarigacha bo‘lgan quyidagi nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish tartibi joriy etiladi:
🔹 notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;
🔹 yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab;
🔹 ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badal va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar.
Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi.
Bunda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius o‘z roziligi bilan ish faoliyatini 70 yoshgacha amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
15:07 / 08.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
08:48 / 20.11.2025
Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 05.11.2025