Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid huquqlar bo‘yicha aniqlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligi yerlariga oid turli talqinlarga Kadastr agentligi rasmiy munosabat berdi.
2021 yilgi o‘zgarishlarga muvofiq yer uchastkalari 3 turda beriladi:
✅mulk huquqi – auksion orqali (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun);
✅doimiy foydalanish huquqi – davlat organlari, muassasalar, jamoat ehtiyojlari va ko‘p kvartirali uylar uchun;
✅ijara huquqi – elektron auksion orqali.
Qishloq xo‘jaligi yerlari faqat ijara huquqi asosida beriladi. Ilgari doimiy foydalanish huquqida ajratilgan yerlar ham mavjud.
Yangi o‘zgarishlar yerni tuman hokimligiga o‘tkazish haqida emas, balki 2021 yilgacha boshqa huquqlarda berilgan yerlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, ijara huquqini boshqa shaxslarga sotish yoki qayta ijaraga berish imkoniyati yaratiladi.
Shu orqali yerga bo‘lgan huquqlar aniqlanadi va ijarachilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026