Jahon | 14:53 / 11.09.2025
3725
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Netanyahu bilan suhbatda Dohaga zarbani «aqlsiz» deb atadi

Isroil Dohada HAMAS a’zolariga zarba bergan kuni Benyamin Netanyahu va Donald Tramp o‘rtasida keskin telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

Foto: Saul Loeb/AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan suhbat chog‘ida Qatar poytaxti Dohada HAMAS yetakchilariga zarba berish qarorini «aqlsiz» deb atadi, deb yozadi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.

WSJ manbalari zarba berilgan kuni ikki davlat rahbarlarining telefon suhbatini «keskin» deb atadi. Gazetaning yozishicha, Netanyahu Trampga Isroilda zarba berish uchun qisqa vaqt bo‘lganini aytgan va u imkoniyatdan foydalanishga qaror qilgan. O‘sha kuni ular o‘rtasidagi ikkinchi telefon muloqoti do‘stona bo‘ldi, deb yozadi WSJ. Tramp Netanyahudan hujum muvaffaqiyatli bo‘lgani yoki bo‘lmaganini so‘radi, deyiladi gazetada.

Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon bin Jassim Al Tani Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida Isroilning Dohadagi hamaschilarga bergan zarbasi guruh tomonidan garovga olingan isroilliklarning ozod etilishiga «barcha umidni yo‘qqa chiqardi» degan fikrni bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid