Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarga foizsiz qarz beriladi
O‘zbekistonda yoshlarning turli loyihalarini moliyalashtirish uchun foizsiz qarzlar beriladi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi 2 turdagi qarz ajratishini e’lon qildi.
Birinchisi, tadbirkorlik uchun bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va jihozlash uchun 6 ming BHM miqdorida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan
3 yilgacha muddatga ajratiladigan qarz.
Mazkur qarzdan bir nechta biznes loyihalari uchun foydalanish ham mumkin. Qarz 2025-2026 yillarda tajriba tariqasida ajratiladi va buning uchun 30 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Xo‘sh, qarz kimlarga beriladi?
-ustav fondidagi ulushining kamida 50 foizi yoshlarga tegishli tadbirkorlarga;
-yaratiladigan ish o‘rinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga oladigan tadbirkorlarga.
Yosh tadbirkorlar yana quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi shkalasi bo‘yicha so‘nggi 6 oy davomida uzluksiz kamida «BBB» (76 – 85 ball) ko‘rsatkichga ega bo‘lishi;
-qarzning 125 foizidan kam bo‘lmagan mol-mulk garovini taqdim etilishi;
-24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lishi.
Ikkinchi turdagi qarz esa olis va chekka mahallalarda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qiladigan tadbirkorlarga beriladi. Mablag‘ning miqdori esa 320 BHM miqdorida bo‘ladi. Ikkinchi turdagi qarz esa quyidagi shaxslarga beriladi:
-YaTT ochib ishlayotgan yoshlarga;
-ustav fondidagi ulushining kamida 50 foizi yoshlarga tegishli tadbirkorlarga.
-shuningdek, yosh tadbirkor xorijiy tillar bo‘yicha kamida
S1 darajadagi sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan bo‘lishi kerak.
Tashkil qilinadigan kurslarda o‘quvchilarning kamida 20 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lishi kerak.
Qarz jamg‘arma va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan qarz shartnomasiga asosan 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi.
Jamg‘arma berayotgan imtiyozli qarzlar yoshlarga o‘z biznesini boshlash va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026