Texnologiya | 00:48 / 12.09.2025
4125
1 daqiqa o‘qiladi

Albaniyada sun’iy intellekt vazir vazifasini bajaradi

Mamlakat bosh vaziri Edi Ramaning so‘zlariga ko‘ra, davlat xaridlari bo‘yicha qaror chiqarish sun’iy intellektga topshiriladi. Ta’kidlanishicha, bu tenderlarning “100 foiz halol” o‘tishini ta’minlaydi. 

Foto: Huffington Post

Albaniyada sun’iy intellekt asosida yaratilgan model davlat xaridlari uchun mas’ul vazir vazifasini bajaradi. U Diella deb ataladi, deb xabar berdi Politico nashri.

"Diella hukumatning jisman mavjud bo‘lmagan, lekin sun’iy intellekt asosida yaratilgan birinchi a’zosi bo‘ladi", - degan mamlakat bosh vaziri Edi Rama.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlat xaridlari bo‘yicha qaror chiqarish sun’iy intellektga topshiriladi. Ta’kidlanishicha, bu tenderlarning “100 foiz halol” o‘tishini ta’minlaydi. 

Albaniya sun’iy intellektdan turli sohalarda foydalanish bo‘yicha tajribaga ega. Hozirda ushbu texnologiyadan noqonuniy qurilishlar, qishloq joylarida giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish holatlarini aniqlashda foydalanilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid