Avto | 15:02 / 12.09.2025
4220
1 daqiqa o‘qiladi

Arcfox T1 hetchbeki sotuvga chiqdi. Uning narxi 8700 dollardan boshlanadi

Arcfox brendi BAIC kompaniyasiga tegishli. T1 Xitoy bozorida BYD Dolphin va Geely Xingyuan’ga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Arcfox

T1 komplektatsiyasiga qarab, bir marta to‘liq quvvatlanish bilan 320 yoki 425 km masofa bosib o‘ta oladi. Batareyasi sig‘imi 42,3 kWh, tarkibi litiy temir fosfatli. Uning ishlab chiqaruvchisi esa CALB kompaniyasi.

O‘lchamlari shunday: uzunligi 4337 mm, eni 1860 mm, balandligi esa 1572 mm. G‘ildiraklar bazasi 2770 mm.

Salonda 8,8 dyuymli LCD displeyi uskunalar paneli vazifasini bajaradi, multimedia va boshqa imkoniyatlardan esa 15,6 dyuymlik katta displey orqali foydalanish mumkin. 

Elektromotor 70 kW’ga teng, u 94 ot kuchini beradi. 

Narxlar komplektatsiyasiga qarab 8700 dollardan 12200 dollargacha.

Асрор Абдуназаров
Tayyorlagan Асрор Абдуназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid