Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston prezidenti uning mamlakati endi Rossiyaning “ukasi” emasligini aytdi
Vaagn Xachaturyanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan "rossiyalik hamkasblar Armaniston hukumatining mustaqil qarorlarini inobatga olishini" xohlaydi.
Foto: TASS
Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan endilikda Rossiya-Armaniston munosabatlari o‘zaro hamkorlik asosida davom etayotganini bildirdi.
"Hozir Rossiya bilan aloqalarimiz butunlay boshqacha – hamkorlik aloqasi. Endi Rossiya Armanistonga aka ukaga qaragandek munosabatda emas, balki shunchaki hamkorlik. Oxirgi to‘rt yilda ko‘p narsaga erishdik", - dedi Vaagn Xachaturyan.
Armaniston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yerevan "rossiyalik hamkasblar Armaniston hukumatining mustaqil qarorlarini inobatga olishini" xohlaydi.
U shuningdek, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukning Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yoki Yevroittifoqdan birini tanlashi kerakligi haqidagi so‘zlariga ham izoh berdi.
"Bu nimani anglatishini Overchukdan so‘rash kerak. Biz YeOII shartlari bo‘yicha ish yurityapmiz. Yevroittifoq bilan iqtisodiy ma’nodagi shartlar bo‘yicha ish olib boryapmiz. Harholda, shu paytgacha hech qanday muammo kelib chiqmagan", - dedi u.
Mavzuga oid
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026