Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charli Kirkning qotili uni o‘ldirishga qanday tayyorgarlik ko‘rgani aytildi
Prezident Donald Trampning ta’sirli ittifoqchisi Charli Kirk 10 sentabr kuni Yuta universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda otib o‘ldirilgan edi.
Foto: The Daily Beast
AQSh Yuta shtati gubernatori Spenser Koks jurnalistlarga o‘ng qanot faoli Charli Kirkning qotili Tayler Robinson o‘z jinoyatini qanday tayyorlagani haqida gapirib berdi. Bu haqda Corriere della Sera xabar berdi.
Gubernator so‘zlariga ko‘ra, tergov allaqachon Robinsonning xonadoshini so‘roq qilgan, u FQB xodimlariga Discord messenjerida Tayler bilan yozishmalarini ko‘rsatgan.
Xususan, Charli Kirkni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘shnisiga maxfiy joydan miltiqni olib, sochiqqa o‘ralgan holda butalar orasiga yashirmoqchi ekanini aytgan.
Xabarlarda o‘qlarni noyob qiladigan naqshlar haqida ham gapirilgan. Nashrning qayd etishicha, faolning tanasidan olingan o‘qlarda «Bella Ciao» va «Mana ol, fashist» yozuvlari bo‘lgan.
Rasmiylar hozircha jinoyatning sabablari haqida ma’lumotga ega emas. Robinson oilasi a’zolarining aytishicha, u so‘nggi paytlarda siyosatga ko‘proq qiziqa boshlagan va ayniqsa Charli Kirkni tanqid qilgan. Ehtimoliy qotilning so‘zlariga ko‘ra, «Kirk nafratga to‘la bo‘lgan va uni tarqatgan».
Charli Kirkning o‘ldirilishi 10 sentabr kuni sodir bo‘ldi. Prezident Donald Tramp marhumning oilasiga hamdardlik bildirib, qotilni topishga va’da bergan edi.
Mavzuga oid
22:20 / 13.04.2026
Tramp Eron portlarini dengiz orqali to‘liq qamal boshlanganini e’lon qildi
22:16 / 13.04.2026
Sud Trampning WSJ nashriga 10 milliard dollarlik da’vosini rad etdi
22:02 / 13.04.2026
AQShning yangi rejasi: Ho‘rmuz blokadasi amalga oshadimi?
20:22 / 13.04.2026