Jahon | 13:55 / 12.09.2025
2497
2 daqiqa o‘qiladi

Gurjistonda eng yirik muxolifat partiyasi yetakchisi ushlandi

Gurjiston Davlat xavfsizlik xizmati Xabeishvilini «mansabdorlarga pora sifatida ommaviy ravishda pul mukofoti va’da qilganlikda» aybladi.

Foto: AP

Gurjiston Davlat xavfsizlik xizmati eng yirik muxolifat partiyasi – «Birlashgan milliy harakat» yetakchilaridan biri Levan Xabeishvilini qo‘lga oldi. Bu haqda 11 sentabr, payshanba kuni Davlat xavfsizlik xizmati bayonotida aytilgan.

Uning xabariga ko‘ra, Xabeishvili «mansabdor shaxslarga pora sifatida pul mukofoti va’da qilganlikda» ayblanib qo‘lga olingan. Maxsus xizmatning da’vo qilishicha, Xabeishvili buyruqlarni bajarishdan bosh tortgan yoki unga rasmiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etgan xavfsizlik xodimlariga 200 ming dollar to‘lashni taklif qilgan.

«(Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Mamuka) Mdinaradze olgan vazifani bajarmoqda. Kuch gurji xalqida. Men buni kutgandim. Meni qo‘lga olishyapti, chunki bir kishi Xabeishvili Ivanishvilini (hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi asoschisi, milliarder Bidzina Ivanishvili) mag‘lub eta oladi», - deya Xabeishvili qo‘lga olinishidan oldin. U 4 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid