Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh G7'ni Rossiyaga nisbatan tarif bosimiga qo‘shilishga chaqirdi
Vashington va uning G7'dagi hamkorlari Ukrainaga qarshi urushni tugatish uchun Rossiyaga bosimni kuchaytirish variantlarini muhokama qilmoqda.
Foto: Elizabeth Frantz/REUTERS
Agar AQSh hamkorlari haqiqatan ham Ukrainadagi urushni to‘xtatish niyatida bo‘lsa, ular Vashingtonga qo‘shilib, Rossiyadan neft sotib oluvchi davlatlarga bojlar joriy qilishi kerak. AQSh moliya vaziri Skott Bessent 12 sentabr, juma kuni G7 moliya vazirlari bilan telefon suhbati chog‘ida prezident Donald Trampning shunday chaqirig‘ini takrorladi.
Bessent va AQShning savdo muzokaralaridagi vakili Jyeymison Grir sanksiyalar bosimini kuchaytirish va Ukraina mudofaasini yanada kuchaytirish uchun muzlatilgan Rossiya suveren aktivlaridan foydalanishni o‘rganib chiqish imkoniyatini ham olqishladi.
«Faqat Putinning urush mashinasini moliyalashtirish manbalarini to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilish orqali biz bema’ni qotillikni tugatishga yetarli darajada iqtisodiy bosim o‘tkazishimiz mumkin», deya Bessent va Grirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AQSh Moliya vazirligi.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya nefti xaridorlariga qarshi qat’iy choralar qabul qildi, deydi ular. Vashington o‘zining G7'dagi hamkorlaridan «ushbu muhim paytda qat’iy choralar ko‘rishda» unga qo‘shilishini kutmoqda.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40