Ta’lim | 08:45 / 13.09.2025
3103
1 daqiqa o‘qiladi

BAA universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Birlashgan Arab Amirliklarining UAE University prorektori, bosh ijrochi direktori, professor Ahmad Ali Alraisi bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Unda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston diplomatlari oliy ta’lim yo‘nalishida hayotga tatbiq etilayotgan yangilanish va yoshlarni bilim olishi yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi taqdimot o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekistonda UAE University filialini ochish, Green University va Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va tadqiqot dasturini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun kurslar tashkil etish va boshqalar xususida fikr almashdi.

Mavzuga oid