Jahon | 14:47 / 13.09.2025
2472
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjistonda ikki rossiyalik faol 8,5 yilga qamaldi

Tbilisi sudi rossiyalik Anastasiya Zinovkina va Artem Gribulni giyohvand moddalar saqlaganlikda ayblab, 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Juftlik ta’qibni siyosiy deb hisoblayapti.

Foto: AP

Tbilisi shahar sudi sudyasi Nino Galustashvili ikki nafar Rossiya fuqarosi Anastasiya Zinovkina va Artem Gribulni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 12 sentabr, juma kuni Tbilisida joylashgan Paper Kartuli Telegram kanali va NewsGeorgia internet nashri xabar berdi.

Juftlik o‘ta katta miqdorda giyohvand moddalarni saqlashda ayblangan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklardan 16 gramm sintetik α-PVP preparati olib qo‘yilgan.

Ayni paytda mahkumlarning o‘zi giyohvand moddalar 2024 yildagi hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun jazolamoqchi bo‘lgan politsiya xodimlari tomonidan tashlab qo‘yilganini da’vo qilmoqda. Ular 2024 yil 17 dekabrda qo‘lga olingan.

«Ular meni farzand tug‘ish va yangi insonga hayot berish imkoniyatidan mahrum qildi. Men Gurjistondagi inqilob mening farzandimga aylanishini istayman», — dedi Zinovkina suddagi so‘nggi so‘zida.

 

Mavzuga oid