Jamiyat | 19:35 / 14.09.2025
2555
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 1300 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Eng ko‘p fuqaro Rossiyadan olib kelingan - 993 nafar.

Foto: Videodan kadr

30 iyuldan 30 avgustgacha Migratsiya agentligi Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi konsullik xizmatlari ko‘magida “Vatanga qaytarish” insonparvarlik aksiyasini amalga oshirdi.

Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, bir oy ichida dunyoning 15 ta davlatidan qiyin ahvolda qolgan 1300 fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Shundan 654 nafari ayollar, 438 nafari bolalar bo‘lgan.

Oylab xorijiy mamlakatlar deportatsiya markazlarida saqlanib kelayotgan 163 nafar o‘zbekistonlik ham mamlakatga qaytarilgan.

Aksiya doirasida eng ko‘p fuqaro Rossiyadan olib kelingan — 993 nafar. Turkiyadan 106 nafar, Amerikadan 56 nafar, Qozog‘istondan 39 nafar, Koreyadan sakkiz nafar, Armanistondan to‘rt nafar fuqaro vatanga qaytarilgan.

Shu bilan birga, Hindiston, Yaponiya, Polsha hamda Belarusdan uch nafardan, Misrdan ikki nafar, Qirg‘iziston, Latviya, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjondan bir nafardan o‘zbekistonlik vatanga olib kelingan. 

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid