Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo shahrida bombardimonni kuchaytirdi. Rubio Quddusga keldi
Isroil so‘nggi kunlarda BMTning Falastin qochqinlari agentligiga qarashli 10 ta binoni bombardimon qildi. Hujumlar intensivligi oshgan shu kunlarda AQSh davlat kotibi Marko Rubio «kelajakdagi masalalarni muhokama qilish» uchun Isroilga yetib keldi.
Foto: AP
14 sentabr kuni Isroil armiyasi G‘azo shahrida kamida 30 ta turar joy binosini vayron qildi va minglab odamlarni uylaridan chiqishga majbur qildi. Bu haqda falastinlik rasmiylarga tayanib Reuters nashri xabar bermoqda.
Isroilning aytishicha, u shaharni egallashni rejalashtirgan, bu yerda qariyb bir million falastinlik boshpana topgan. Bu esa Hamasni yo‘q qilishga doir maqsadining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Shu sabab Isroil ushbu guruhning «so‘nggi tayanch nuqtasi» sifatida ta’riflagan hududlarga hujumlarni kuchaytirdi.
Civil Defense:
— Osama Abu Rabee أسامة أبوربيع (@dn_osama_rabee) September 13, 2025
The residens of Gaza City are currently being subjected to “ethnic cleansing.”
The Israeli occupation has reached the level of “blind madness.”
We call on the countries of the world and the international community to intervene urgently today, before tomorrow, to… pic.twitter.com/tn2RJXV3L4
BMTning Falastin qochqinlari agentligi komissari Filipp Lazzarini G‘azodagi Beach lager klinikasi faoliyati to‘xtaganini bildirdi. Unga ko‘ra, bu G‘azoning shimolidagi yagona tibbiy xizmat manbai edi.
«Faqat so‘nggi to‘rt kun ichida G‘azo shahridagi 10 ta UNRWA binosi zarba ostida qoldi. Bunga minglab ko‘chirilgan odamlar uchun boshpana sifatida foydalanilayotgan yetti maktab va ikki klinika ham kiradi. Bizning suv va sanitariya xizmatlarimiz hozir faqat yarim quvvatda ishlamoqda.
Umumiy hisobda 11 ming nafar xodimimiz G‘azoning shimolidagi boshqa hududlarda va butun G‘azo bo‘ylab zarur xizmatlarni ko‘rsatishda davom etmoqda. Ular eng g‘ayriinsoniy sharoitlarda yashayotgan bo‘lsalar-da, o‘z jamoalariga xizmat qilishda qat’iydir», deb yozgan BMT rasmiysi.
Rubioning tashrifi va diplomatik mojarolar
Hujumlar intensivligi oshgan shu kunda AQSh davlat kotibi Marko Rubio mojaroga oid kelajakdagi masalalarni muhokama qilish uchun Isroilga yetib keldi.
«Bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘lib o‘tdi. Biz Isroil rahbariyati bilan uchrashamiz. Kelajak nimalarni olib kelishini muhokama qilamiz», dedi Rubio Isroilga ketishidan oldin.

Isroil 9 sentabr kuni Dohadagi Hamasning siyosiy rahbariyatiga havo hujumi zarba bergandi. Bu Isroilga nisbatan keng qoralovlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Qatar bosh vaziri BMT darajasida Isroilning harakatlarini qoralashga erishdi. 15 sentabr kuni esa Qatarda Arab-Islom favqulodda sammiti bo‘lib o‘tadi.
Rubio G‘azo sektoridagi 48 garovdagilarni ozod qilish masalasi hamda sohilbo‘yi hududini qayta tiklash haqida gaplashmoqchi ekanini bildirdi.
U tashrifi avvalida Isroil rasmiylari bilan Quddusdagi G‘arbiy devor (Yig‘i devori)ga tashrif buyurdi. Rubio bugun Isroil bosh vazir Benyamin Netanyahu bilan alohida rasmiy uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, bu tashrif «Amerikaning Quddusni Isroilning abadiy poytaxti sifatida tan olishini yana bir bor tasdiqladi».
Donald Tramp 2017 yil oxirida prezidentligining birinchi davrida Quddusni Isroil poytaxti sifatida rasman tan olgan va AQSh elchixonasini Tel-Avivdan ko‘chirgan edi.
Dohaga berilgan zarbalar va G‘arbiy Sohilda yangi yahudiy posyolkalarini kengaytirish rejasi bo‘yicha Netanyahu imzolagan kelishuv ortidan BAA bu qaror – Isroil bilan munosabatlarni normallashtirgan Ibrohim kelishuvlarini xavf ostiga qo‘yishini ogohlantirdi.
Inqiroz
Isroil armiyasi so‘nggi haftada G‘azo shahriga besh marta havo hujumlari uyushtirib, 500 dan ortiq obektni nishonga olganini bildirdi. Bu yerda Hamasning kuzatuv va snayper nuqtalari, tunnel kirish joylari hamda qurol omborlari bo‘lgani da’vo qilinmoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, yakshanba kuni G‘azoda kamida 45 odam o‘ldirilgan.
Hamasning bildirishicha, 11 avgustdan beri Isroil kuchlari 1 600 ta turar joy binosini va 13 000 ta chodirni vayron qilgan.
Humanitar tashkilotlar Isroilning G‘azo shahrini egallashi allaqachon keng ko‘lamli ozuqa tanqisligiga duch kelgan aholi uchun falokatli oqibatlarga olib kelishini bildirmoqda. Hudud sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, G‘azoda ochlik va oziq-ovqat yetishmovchiligidan kamida 422 kishi vafot etdi, ulardan 145 nafari bolalar. Isroilning qariyb ikki yillik genotsid ko‘rinishidagi urushi esa G‘azoda 64 mingdan ortiq odamning o‘limiga olib keldi.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
16:58 / 04.12.2025
G‘azo vayronalari orasida 54 juftlik uchun ommaviy to‘y o‘tkazildi – fotolar
15:51 / 02.12.2025