Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mazkur “Renessans” oromgohida yoshlar yil davomida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarda o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafari “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Oromgoh 500 ga yaqin o‘quvchini qabul qilish quvvatiga ega. Ma’muriyat, o‘quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona hamda avtoturargohlar tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik sanaladi.


Yozda o‘tkazilgan seminarlarda fan olimpiadalari g‘oliblari, xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ishtirok etdi.
Prezident oromgoh xonalaridagi sharoitlarni, yoshlarning ixtirolarini ko‘zdan kechirdi.
STEAM xonalari, samolyot boshqaruvi simulyatori, tabiiy fanlar laboratoriyalari bolalarning qiziqishlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantiradi. Ular kutubxonada bilimini, sport maydonchalarida salomatligini mustahkamlaydi. San’at burchagida san’at, adabiyot yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar qo‘llab-quvvatlanadi.


Davlat rahbari Yangi O‘zbekiston universiteti rahbariyati va bitiruvchilari bilan ham muloqot qildi.
– O‘zbekiston yoshlarining salohiyati, g‘ayrat-shijoati, intilishi kuchli. Biz davlat bo‘lib, millat bo‘lib, sifatli ta’limni ta’minlasak, farzandlarimizga hech kim bas kelolmaydi, ular hamma sohada yetakchi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Shu yerda Al-Xorazmiy universiteti kampusi loyihasi taqdimot qilindi. Bu tashabbus zamirida ham yoshlarning bilimli bo‘lishi, iqtidori rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsad qilingan. Loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.


Mavzuga oid
20:58 / 24.11.2025
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025