Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Surxon - Puli-Xumri" elektr yetkazib berish loyihasi ishga tushirilmoqda
Afg‘onistonning yetakchi Tolo news va Ariana news telekanallarida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Kobulga tashrifi haqida teledasturlar namoyish etildi.
Foto: Energetika vazirligi
Teledasturlarda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining energetika sohasida o‘tkazilgan konferensiyadagi ishtiroki va nutqi batafsil yoritilgan.
Ma’lum qilinishicha, vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘z chiqishida, ishtirokchilarni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonning iqtisodiy-ijtimoiy tiklanishiga qaratilgan tashabbuslari bilan tanishtirgan.
"Xususan, O‘zbekiston Afg‘onistonni elektr energiyasi bilan ta’minlab, nafaqat afg‘on xalqiga, balki mamlakat sanoatini rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgani qayd etildi", – deyilgan lavhalarda.
Afg‘oniston OAV ta’kidiga ko‘ra, anjumanda O‘zbekiston tashabbusi bilan 500 KVt "Surxon-Puli-Xumri" elektr energiyasini yetkazib berish liniyasini qurish bo‘yicha loyiha ishga tushirilayotgani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:22 / 03.04.2026