Jamiyat | 10:20 / 15.09.2025
4943
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi

Joriy yilning 9 sentabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida bir guruh shaxslarning o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur holat shu kuni nazoratga olinib, tezkor qidiruv tadbirlari tashkil etildi.

Foto: IIV

Ma’lum bo‘lishicha, 9 sentabr kuni soat 21.30 larda 29 yoshli fuqaro o‘zining sinfdoshlari bilan shahar hududida joylashgan to‘yxona hovlisida turgan vaqtida, unga avvaldan tanish bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro boshchiligidagi bir guruh shaxslar davlat raqami o‘zboshimchalik bilan yechib olingan avtomashinada kirib kelgan.

Shundan so‘ng, fuqaro hamda uning sheriklari o‘rtalarida bo‘lgan nizo sababli, 29 yoshli fuqaroni qo‘l va oyoqlari bilan urib unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish« tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, jinoyatda gumonlanuvchi, 2000 yilda tug‘ilgan shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid