Jahon | 15:32 / 16.09.2025
2846
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Polshaga Typhoon qiruvchilarini yuboradi

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha havo hududiga bostirib kirganidan so‘ng Britaniyaning Typhoon qiruvchi samolyotlari NATOning «Sharqiy qo‘riqchi» operatsiyasida ishtirok etish uchun mamlakatga yuboriladi.

Foto: Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi

Buyuk Britaniya qirollik havo kuchlarining Typhoon qiruvchi samolyotlari NATOning «Sharqiy qo‘riqchi» operatsiyasi doirasida Polsha havo hududini himoya qilish missiyasida ishtirok etadi. Ularning vazifasi Rossiya havo tahdidlariga, shu jumladan UUAga qarshi turishdir. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining 15 sentabr, dushanba kuni chop etilgan press-relizida aytilgan.

Britaniya harbiy-havo kuchlari NATOning sharqiy qanotini mustahkamlashda boshqa davlatlar, jumladan Germaniya, Daniya va Fransiya kuchlarini birlashtiradi, deyiladi bayonotda. Bu haqda «Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polsha suveren havo hududiga ehtiyotsiz va xavfli bostirib kirishi – NATO havo hududini shu kungacha eng jiddiy buzilishi – va shu dam olish kunlarida (13 sentabr) Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Ruminiya havo hududini buzishi»dan bir necha kun o‘tib e’lon qilindi.

Britaniya qiruvchi samolyotlari Linkolnshirdagi Koningsbi bazasida joylashtiriladi. Ular yaqin kunlarda Polsha ustidan ucha boshlaydi. Ularga Oksfordshirdagi Brayz-Norton aviabazasidan Voyager yonilg‘i to‘ldirish samolyotlari yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid