Jamiyat | 11:41 / 16.09.2025
23747
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida sinfdoshini o‘ldirgan 16 yoshli bola 8,5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi o‘z sinfdoshini o‘ldirgan 16 yoshli o‘smirni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi kechirim so‘radi va buni ataylab qilmaganini aytdi.

Foto: Videodan kadr / Milliy TV

Voqea 6 iyun kuni Yallama qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi onasi bilan telefon orqali suhbatlashganidan so‘ng, qisqa muddatga do‘stlari bilan uchrashishini aytib, uydan chiqib ketgan. Keyinroq uning ko‘plab pichoq jarohatlari bilan jasadi qishloq uylaridan birining yonidan topilgan. Aniqlanishicha, qotillik mahalliy futbol maydoni hududida sodir etilgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi qotillik tasodifan sodir etilganini aytib, pushaymonligini bildirib, kechirim so‘radi, shu bilan birga yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.

Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan 85-moddani (ozodlikdan mahrum qilish) qo‘llash orqali aybdor deb topib, 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. 

Mavzuga oid