Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
34 fuqaro hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlikka tortildi
Ularning 32 nafariga jarima va 2 nafariga ma’muriy qamoq jazolari qo‘llandi.
Foto: Getty Images
2020-2024 yillar davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan 397 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 363 nafariga jarima va 34 nafariga ma’muriy qamoq jazolari qo‘llangan.
Joriy yilning birinchi yarmida ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan 34 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 32 nafariga jarima va 2 nafariga ma’muriy qamoq jazolari qo‘llandi.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish — BHMning 3-5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa —BHMning 5-10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
13:13 / 15.04.2026
Oltita qurilish kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
08:54 / 14.04.2026
Dala chetlarida ekin ekmaganlarga jarima va oshirilgan soliq qo‘llanadi
09:58 / 08.04.2026