Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ruminiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim imzolaydi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Ruminiya elchisi mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, hukumatlararo bitim imzolash, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va konsullik maslahatlashuvlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirganliklarini tasdiqladi va hamkorlikning qo‘shma choralarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
08:28 / 03.06.2026