O‘zbekiston | 15:01 / 17.09.2025
1302
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot avvalida O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Mamlakatlar o‘rtasida tizimli yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy-texnikaviy hamkorlik va uning doirasida hayotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy yo‘nalishdagi yirik investitsiyaviy loyihalar e’tirof etildi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada faollashtirish va kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan moliyaviy va texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid