Jahon | 07:26 / 18.09.2025
8434
3 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp Angliyaning Vindzor qasrida tantanali kutib olindi

AQSh prezidenti faoliyatida ikkinchi marta Britaniyaga oliy darajada tashrif buyurdi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan kelgan AQSh prezidenti Donald Tramp Vindzor qasrida Britaniya qirollik oilasi a’zolari tomonidan tantanali kutib olindi. Bu Trampning Buyuk Britaniyaga oliy darajadagi ikkinchi tashrifi: bundan oldin u 2019 yilda birinchi prezidentlik muddatida kelgan edi. Shu vaqtda Trampni qirolicha Yelizaveta II qabul qilgan.

Foto: PA

Trampning samolyoti 16 sentabr kuni kechqurun Londonning Stansted aeroportiga qo‘ndi. AQSh prezidentini faxriy qorovul va mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper kutib oldi.

Foto: PA

Ertasi kuni Tramp Vindzorga Marine One vertolyotida bordi - bu AQSh dengiz piyodalari havo kemasi. Qasr minorasi tepasida qirollik bayrog‘i hilpirab turdi: bu u yerda monarx borligini anglatadi.

Foto: PA
Foto: PA

Tramp va AQSh birinchi xonimini Uels shahzodasi va malikasi, shuningdek, qirol Charlz III va qirolicha Kamilla kutib oldi. Tashrif arafasida Tramp Vindzor saroyini «mutlaqo o‘ziga xos joy», qirolni esa «o‘zining eski qadrdoni», deb atadi.

Foto: Reuters

Qirol Charlz III va Donald Tramp Irlandiya davlat karetasida faxriy qorovulni ko‘zdan kechirish uchun yo‘lga chiqdi. Odatda bu karetada monarxlar har yili parlamentning ochilish marosimiga Bukinghem saroyidan Vestminster saroyiga boradi.

Foto: PA
Foto: PA

Karetaga harbiylar, jumladan, Qirollik dengiz floti askarlari hamrohlik qildi.

Foto: PA
Foto: PA

Donald Tramp qirol bilan bir karetada ketdi. Qirolicha Kamilla va Melaniya Tramp boshqa karetaga o‘tirdi. 

Foto: PA
Foto: Reuters

Kortej tantanali kutib olish marosimi va faxriy qorovul safini ko‘zdan kechirish uchun qasrga yetib bordi. Faxriy qorovul qasr oldida saf tortdi.

Foto: Reuters
Foto: PA
Foto: PA
Foto: Getty Images 

Qirol va qirolicha, Tramp rafiqasi bilan birga suratga tushib, harbiylarni qutladi.

Foto: Getty Images 

Beating Retreat  harbiy marosimida Melaniya Tramp, Donald Tramp, qirol va qirolicha tribunada o‘tirdi.

Foto: Getty Images 
Foto: Getty Images 

Ularning ustidan Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlarining uchuvchilar guruhi uchib o‘tdi.

Foto: Getty Images 
Foto: Reuters

Mavzuga oid