Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya sudi suriyaliklarning boshpana olish huquqini chekladi
Suriya fuqarolari endi avtomatik ravishda Germaniyada himoyaga umid qila olmaydi. Bunday xulosaga Kyoln ma’muriy sudi Suriyada Asad rejimi ag‘darilganidan keyin vaziyat o‘zgarganiga asoslanib keldi.
Kyoln ma’muriy sudi Suriya fuqarosining Germaniyadan boshpana so‘rovi rad etilganiga qarshi da’vosini rad etdi. Nemis OAVning 17 sentabr, chorshanba kuni xabar berishicha, sudning qaroriga ko‘ra, erkak endi hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad rejimi, Damashqdagi muvaqqat hukumat yoki mamlakat shimoli va sharqidagi kurdlarning o‘zini o‘zi boshqarish ma’muriyati tomonidan ta’qibga uchramayapti.
Bundan tashqari, sudyalar uning tug‘ilgan Hasaka gubernatorligida harbiy harakatlar yoki boshqa o‘zboshimchalik harakatlari natijasida tasodifiy jarohat olish yoki o‘lim xavfi yo‘qligini aniqladi.
Sud, shuningdek, da’vogar hayoti uchun xavfli vaziyatda emasligini ta’kidladi. Suriyada ota-onasi, uch ukasi va xotini bor va ularnikida tekinga yashay oladi. Qaytgan shaxs o‘zini minimal darajada ta’minlay olishi esa individual ishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026