Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi
“Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi.
Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 muhandislik sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
🔹 muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.
Filialda ta’lim faoliyati 2026-2027 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2025-2026 o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
08:44 / 02.06.2026