Sport | 18:37 / 19.09.2025
36571
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning yangi eng yaxshi bokschisi nomi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik yengilmas bokschi Terens Krouford vazn toifalaridan qat’i nazar dunyoda eng yaxshi bo‘ldi.

Foto: Getty images

37 yoshli amerikalik bokschi Terens Krouford 14 sentabr kuni uchinchi marta mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, uning professional rekordi 42-0 (42 g‘alaba, shundan 31 tasi nokaut bilan, 0 mag‘lubiyat) bo‘ldi.

Bu natijasi uchun nufuzli ESPN sport portali uni vazn toifalaridan qat’i nazar bokschilar reytingida birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Endi eng yaxshi bokschilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

- Terens Krouford (42-0, 31 KO);

- Oleksandr Usik (24-0, 15 KO);

- Naoya Inoue (31-0, 27 KO);

- Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO);

- Jyessi Rodriges (22-0, 15 KO);

- Artur Beterbiyev (21-1, 20 KO);

- Shukur Stivenson (24-0, 11 KO);

- David Benavidez (30-0, 24 KO);

- Dzunto Nakatani (31-0, 24 KO);

- Kanelo Alvares (63-3-2, 39 KO).

Eslatib o‘tamiz, Krouford 14 sentabrga o‘tar kechasi Las-Vegasdagi Allegiant Stadium arenada Saul Kanelo Alvaresni mag‘lub etdi. Jang to‘liq 12 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Krouford foydasiga hal bo‘ldi (116-112, 115-113 va 115-113).

Mavzuga oid