Jahon | 15:28 / 19.09.2025
5428
2 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyalik haydovchi "Allenbi" o‘tkazish punktida ikki isroillikni o‘ldirdi

Isroilning xabar berishicha, gumanitar yuk mashinasining iordaniyalik haydovchisi "Allenbi" o‘tkazish punktida ikki isroillikni o‘ldirgan. Tel-Aviv voqeani terakt deb atadi, Amman tergov boshlanganini e’lon qildi.

Foto: picture alliance

G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan iordaniyalik yuk mashinasi haydovchisi 18 sentabr, payshanba kuni "Allenbi" o‘tkazish punktida o‘t ochdi va xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilishidan oldin ikki isroillikni o‘ldirdi. «Bugun G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinasini boshqarayotgan iordaniyalik erkak "Allenbi" o‘tkazish punktida ikki isroillikni o‘ldirdi», — deya ma’lum qildi Isroil Tashqi ishlar vazirligi.

Isroil harbiylari hujumchi «zararsizlantirilgani» haqida xabar berdi. "Magen David Adom" tez yordam xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, erkak to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan bo‘lgan.

Isroil tez yordam xizmatining aniqlik kiritishicha, taxminan 20 va 60 yoshlardagi erkaklar voqea joyida yordam ko‘rsatilganidan keyin vafot etgan. Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi hujumni «jinoyat» deb atadi va bu G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishini xavf ostiga qo‘yishi haqida ogohlantirdi.

Mavzuga oid