Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi
Vena shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Bosh konferensiyasining 69-sessiyasi doirasida O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
Foto: Dunyo
Hujjat AEXA bosh direktori Rafael Grossi va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan imzolandi.
"Yo‘l xaritasi" hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilab, milliy atom energetikasi infratuzilmasini rivojlantirish, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ekologiyada yadro texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, yadro va radiatsiya xavfsizligini oshirish, shuningdek, milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi vazifalarni qamrab oladi.
Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AEXA bosh direktorining 2024 yil dekabr oyida Toshkentga tashrifi chog‘ida ilgari surilgan tashabbusining amaliy ijrosi bo‘ldi.
Marosimda Rafael Grossi O‘zbekiston agentlikning mintaqadagi muhim va ishonchli hamkori ekanini ta’kidlab, qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Delegatsiya rahbari mazkur kelishuv mamlakat energetika sohasini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:11 / 02.05.2026
Energetika vaziri blogerga qarshi: tomonlar nima deydi?
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
10:38 / 31.01.2026