Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida fuqarolardan 8 mingga yaqin tig‘li jism musodara qilindi
Toshkent viloyatida IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan 8 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida turli huquqbuzarlik va jinoyatlar oldi olinishi va fosh etilishiga erishildi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Xususan, patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida jami 294 ta, shaxsan ular tomonidan 189 ta jinoyat fosh etilgan bo‘lsa, 136 ta holatda turli jinoyatning oldi olingan.
Shu kabi PPX xodimlari ishtirokida 188 nafar va shaxsan ular tomonidan 115 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, ushlangan. 40 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topilgan. Shuningdek, 1 573 nafar ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxs reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Viloyatda o‘tkazilgan «Tig‘» maxsus-profilaktik tadbiri davomida PPX xodimlari tomonidan 7 909 ta o‘tkir tig‘li jismlar muomaladan olingan bo‘lsa, ularning 6 774 tasi pichoq, 78 tasi kastet, 33 tasi bita va 1024 tasi boshqa ko‘rinishdagi xavfli bo‘lgan o‘tkir tig‘li jismlarni tashkil qilgan.
Barcha aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
16:18 / 02.12.2025
Xizmat yo‘q, lekin to‘lov bor: 5 ta chiqindi tashish korxonasining qonunbuzarligi aniqlandi
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
15:21 / 25.11.2025
Toshkent viloyatida 12 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
20:48 / 24.11.2025