Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekiston xalqaro aeroportida savdo rastalarini ochishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov "Fotima bint Moxammed bin Zayyed" fondi ijrochi direktori Mayvand Jabarkhli bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, turizm sohasida hamda tadbirkorlik faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yo‘nalishidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Fond ijrochi direktori Mayvand Jabarkhli O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi. U o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro aeroporti hududida joylashgan Duty Free'da savdo rastalarini tashkil qilish taklifini bildirdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik gilam to‘quvchi hunarmand ayollarni tajriba almashish va kasbiy ta’lim berish uchun BAAga safarini uyushtirish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida, bildirilgan takliflarni amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida muloqotni davom ettirish yuzasidan ahdlashildi.
Mavzuga oid
15:41
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
11:41 / 28.11.2025
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi
23:07 / 18.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mag‘lub etdi
23:00 / 09.11.2025